Andijon hokimiga ham yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Ilhom Qahramonovich Sobirov Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

U tayinlovga qadar “O‘zcharmsanoat” uyushmasi standartlar va innovatsiyalarni joriy qilish hamda grantlarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Ilhom Sobirov 1974 yilda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 2003 yilda Guliston davlat universitetini, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida “O‘zpaxtasanoat” AJda bosh texnik, mutaxassis, bosh muhandis, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasida shu’ba mudiri kabi lavozimlarda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sherzodjon Polvonov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlangandi. Joriy yilning mart oyidan Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Sherzod Rahimov esa o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Qahramonovich Sobirov Andijon viloyati hokimi o'rinbosari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar