Toshkentda xalqaro terrorchilik tashkilotiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan guruh ushlandi
Jamiyat
−
25 Sentabr 2019
7822O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2441-moddasi 1-qismi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan fuqarolar B.T., U.M. va J.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur jinoyat ishi doirasida joriy yilning 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV va DXX xodimlaridan iborat tergov-tezkor guruhi tomonidan Toshkent shahri hududida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida, yuqorida qayd etilgan shaxslarning Suriya davlati hududidagi xalqaro terrorchilik tashkilotlarining safiga qo‘shilishni rejalashtirishda gumon qilingan 8 nafar jinoiy sheriklarining faoliyatiga chek qo‘yildi.
Ushbu shaxslarning yashash manzillarida tintuv tergov harakatlari o‘tkazilib, jinoyat ishiga daxldor bo‘lgan ashyoviy dalillar olindi. Olingan ashyoviy dalillar yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlanib, hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi