Prezidentning Instagram akkaunti tekshirilyapti
Olam
−
27 Sentabr 2019
7304Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekovning Instagram`da sooronbai_zheenbekov_official akkaunti bo‘lib, uning 259 ming obunachisi bor. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda.
Biroq, hozirda Davlat rahbarining akkauntiga sharh yozishning iloji yo‘q. Prezident ma’muriyatining Axborot siyosati bo‘limi boshlig‘iga ko‘ra, yaqinda Instagram`dagi akkaunt va Facebook`dagi rasmiy sahifada shaxsni tasdiqlash tekshiruvi o‘tkazilgan. "Biz sharh berishda muammolar texnik nosozliklar tufayli kelib chiqqan deb taxmin qildik. Umid qilamizki, tekshiruv natijalari bilan texnik muammolar hal qilinadi va barcha funksiyalar avvalgi rejimda ishlaydi", dedi Prezident ma’muriyati Axborot siyosati bo‘limi boshlig‘i.
Ma’lumot uchun, Davlat rahbarining suratlari ostida izohlar qoldirish mumkin edi. Fuqarolar o‘z shaharlari va qishloqlaridagi, shuningdek, butun mamlakatdagi muammolar haqida yozganlar. Biroq, ikki hafta oldin bu funksiya yopildi.
LiveBarchasi