Anchelotti Braziliya MTJ bilan shartnomasini uzaytiradi – OAV 

Sport

image

Braziliya futbol konfederatsiyasi va milliy terma jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2030 yilgi Jahon chempionatigacha shartnomani uzaytirish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda “Globo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, italiyalik mutaxassis ta’tildan so‘ng Rio-de-Janeyroga yetib borib, fevral oyining dastlabki haftalarida yangi shartnomani imzolanishi kutilmoqda. Muzokaralar 2025 yil oktyabr oyida boshlangan va yil oxirigacha davom etgan, shundan so‘ng Anchelotti Braziliya futbol konfederatsiyasi tomonidan belgilangan shartlarni tasdiqlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Anchelotti terma jamoa murabbiylari orasida dunyoda eng yuqori maoshga ega bo‘lib, yiliga taxminan 10 million yevro oladi. Yangi shartnoma ham shunga o‘xshash shartlar asosida tuziladi va belgilangan maqsadlarga erishish uchun bonuslar ko‘zda tutilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Karlo Anchelotti “Real Madrid”ga o‘z xizmatlarini taklif qilganligi haqida xabar berilgan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Braziliya Karlo Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing