Ana xolos! Yevropa Ittifoqi AQSHga yon bermaydi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi AQSHning Venesuelaga qarshi bir tomonlama cheklov choralarini qo‘llab-quvvatlash niyatida emas. Bu haqda bugun 7 avgust kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan brifingda Yevropa Komissiyasining rasmiy vakili Karlos Ruis de Gordexuela ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS. 

“AQSHning sanksiyalari ostida bizning pozitsiyamiz aniq bo‘lib qolmoqda. Odatda biz bu haqda izoh bermaymiz, lekin har doim bir tomonlama choralarni eksterritorial ravishda qo‘llashga qarshimiz", dedi Gordexuela. 

Yevropa Ittifoqi vakili, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Venesuelaga qarshi sanksiyalari yo‘naltirilganini va mamlakat rahbariyatining bir qator vakillariga nisbatan shaxsiy cheklovlarga taalluqli ekanini ta’kidladi. 

Vakilningg so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi siyosiy vaziyatning rivojlanishiga qarab Venesuelaga qarshi o‘zining qora ro‘yxatini kamaytirishi yoki kengaytirishi mumkin, ammo aholining ahvolini yomonlashtiradigan har qanday sanksiyalarni joriy etish niyatida emas. 

5 avgust kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp, Amerika yurisdiksiyasidagi Venesuela hukumati mulkini butunlay blokirovka qiladigan va unga har qanday moliyaviy vositalar, tovarlar va xizmatlarni taqdim etishni taqiqlaydigan ijro etuvchi qarorga imzo chekdi. 

Trampning qarori aslida Venesuelaga "to‘liq iqtisodiy embargo qo‘yish" ma’nosini anglatadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing