“Ana endi eng yomon ssenariyga tayyor turing”. JSST Belarusni ogohlantirdi
Olam
−
13 aprel 2020
28990Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlar missiyasi Belarusga koronavirus tarqalishining eng yomon ssenariylariga tayyorgarlik ko‘rishni maslahat beradi. Bu haqda poytaxt Minskda bo‘lib o‘tgan brifingda JSST vakili Patrik O'Konnor aytib o‘tgan.
Ta’kidlanishicha, Minskdagi brifingda Patrik O'Konnor mamlakatda endi qat’iy choralarni faollashtirish kerakligini aytdi. U, shuningdek, vaqtida ko‘rilmagan choralar tufayli endi Belarus bir yarim yilgacha ushbu virus bilan kurashishiga to‘g‘ri kelishi mumkinligini ta’kidlandi.
"Biz 12-18 oy davomida qo‘llab-quvvatlash choralarini davom ettirishga tayyor bo‘lishimiz kerak", deydi JSST vakili.
O'Konnorning so‘zlariga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Belarus hukumatiga ommaviy tadbirlarni taqiqlashni tavsiya qiladi. Ayniqsa, 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan harbiy parad o‘tkazilishi umuman mantiqqa to‘g‘ri kelmasligini aytdi.
"Biz mamlakatda ommaviy tadbirlarni va odamlarning jamoat bo‘lib to‘planishini oldini olish choralarni kuchaytirishni maslahat beramiz. Avvalo, eng muhimi shu", deydi O'Konnor.
Belarus sog‘liqni saqlash vazirligining 12 aprel kuni ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq 2 578 ta holat qayt etilgan. Kasallanganlarning 203 nafari sog‘aygan, 26 nafari esa vafot etgan.
LiveBarchasi