Ana boshlandi! Kogonda ham fuqaro hokimlikka qimmatli sovg‘a hadya qildi
Jamiyat
−
16 dekabr 2021
13651Buxoro viloyatida fuqaro Kogon shahri hokimligiga savdo do‘koni sovg‘a qildi. Bu haqda tuman hokimining tegishli qarorida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, fuqaro X.Rashidova joriy yilning 6 dekabr kuni o‘ziga shaxsiy mulk sifatida tegishli bo‘lgan Kogon shahar bosh bekati hududidagi savdo do‘konini Kogon shahar hokimligiga beg‘araz topshirish to‘g‘risida ariza yozgan.
“Shahar hokimi o‘rinbosari A.Aminov, shahar hokimligi bosh hisobchisi G.Nishonova, “Kogon uy-joylar va noturar joylardan foydalanish va hisobga olish” davlat unitar korxonasi rahbari J.Ishanqulovga Kogon shahar bosh bekat hududidagi xajmi 60,0 m. kv. bo‘lgan savdo do‘konni notarial idorasi bilan birgalikda belgilangan tartibda qabul qilish ishlarini amalga oshirish choralarini ko‘rsin”, deyiladi qarorda.
Shuningdek, shahar hokimi o‘rinbosari A.Aminov, Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastr xizmati Kogon shahar filiali (A.Abdullayev) bilan birgalikda Kogon shahar bosh bekat hududidagi xajmi 60,0 m. kv. bo‘lgan savdo do‘konni belgilangan tartibda kadastr ro‘yxatidan o‘tkazish choralarini ko‘radi.
Avvalroq Toshkentda fuqaro bozor narxi 250 ming AQSH dollari atrofida bo‘lgan Mercedes Benz S500 Hybrid rusumli avtomobilini sovg‘a qilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi