Amiti universitetiga boshqaruv direktori tayinlandi
Jamiyat
−
17 dekabr 2019
5058O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kecha, 16 dekabrda qabul qilgan qarori bilan Toshkent shahridagi Amiti universitetiga boshqaruv direktori tayinlandi. Unga ko‘ra, Bobur Sagdullayevich Abdullayev universitet boshqaruv direktori lavozimida faoliyat yuritadi.
Bobur Abdullayev mehnat faoliyati davomida “O‘zbektelekom” kompaniyasi, AKT vazirligi va “UZINFOCOM” yagona integratorida turli lavozimlarda ishlagan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan Toshkent shahrida Amiti universiteti tashkil etilgan edi.
Universitetda AKT sohasi uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
LiveBarchasi