Amirulla Abdullayev yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
04 Sentabr 2020
10152O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlandi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Amirulla Xazratovich Abdullayev Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Amirulla Abdullayev bakalavr darajasini Guliston davlat universitetida hamda magistr darajasini Xirosima universiteti (Yaponiya)da olgan. Turli yillarda u o‘qituvchilarni xorijiy tillarga tayyorlash bo‘yicha Ukraina, AQSH, Germaniya, Yaponiya, Italiya, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniyada o‘quv kurslarida ishtirok etgan va shu bilan birga ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha o‘z malakasini ham oshirib borgan.
2002 yildan boshlab u turli oliy o‘quv yurtlarida ingliz tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat ko‘rsatib, rahbarlik lavozimlarini egallab kelgan. 2015 yilning sentyabr oyidan boshlab Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi Uzluksiz ta’lim markazi menejeri lavozimida ishlab kelayotgan edi. Agentlikka o‘tgunicha, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda direktor edi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur Agentlik 2019 yil 9 sentyabrdagi Prezident Farmoni bilan tashkil etilgan.
LiveBarchasi