“Amirsoy”ga olib boruvchi yo‘l yorilib ketdi
Jamiyat
−
25 mart 2021
44710Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan, “Amirsoy” sihatgohiga olib boruvchi yo‘lning 3-kilometrida, 19-20 piketida yo‘l cho‘kish holati kuzatilganligi bois, zudlik bilan FVV va boshqa idoralar hamkorligida tezkor choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Transport vositalari harakati ushbu avtomobil yo‘lida vaqtincha to‘xtatilgan.
Shu sababli, dam olishga boruvchilar tuman hududidan o‘tgan 4R-6 “Toshkent-Chimyon” avtomobil yo‘lining 72-kilometrida ortga qaytarilmoqda.
Yo‘l sozlash ishlari amalga oshirilib, harakat tiklanganidan so‘ng qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Dam olishga borishni reja qilgan fuqarolardan vaqtincha “Amirsoy” tomon harakatlanmasliklari so‘ralgan.
LiveBarchasi