“Amirsoy”da 700 tup qimmatbaho daraxt kesilgani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Amirsoy” kurort zonasida 700 tup atrofida qimmatbaho daraxtlar kesib tashlangani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Bo‘stonliqda tabiatga ko‘p miqdorda zarar yetkazish holatiga munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, “Amirsoy” kurort zonasida 700 tup atrofidagi qimmatbaho daraxtlar kesib tashlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni bilan daraxt kesish uchun moratoriy 2021 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing