Amir Temur maqbarasi SHHT sammiti uchun ta’mirlanyapti
Jamiyat
−
03 Sentabr 2022
9139Samarqand shahrida joylashgan “Amir Temur” majmuasida gumbaz va devor old qismi, galereyaning pol qismlari va peshtoq mukarnaslarini qayta ta’mirlash uchun 3 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar bermoqda.
Restavratsiya ishlari yaqinda Samarqandda o‘tkazilajak Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti munosabati bilan amalga oshirilayotgani qayd etilgan.
“Tegishli tashkilotlar tomonidan ushbu yodgorlikda restavratsiya ishlarini bajarish maqsadida ilmiy asoslangan xulosalar yordamida loyiha takliflari ishlab chiqilgan hamda Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashida ma’qullangan”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, VI asrlik tarixga ega Buyuk sarkarda sag‘asanini Madaniy meros agentligi nazorati ostida restavratsiya qilish uchun malakali usta-restavrator, xattot, olim, injenerlar va boshqa soha mutaxassislari jalb etilganligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Amir Temur maqbarasini restavratsiya qilish ishlari bundan yarim asrdan ziyod vaqt oldin, ya’ni 1941 yilda amalga oshirilgan bo‘lib, 1996 yilda qisman ta’mirlash ishlari olib borilgan.
Hulkar Murtazoyeva
LiveBarchasi