Amerikaning eng keksa onaxoni vafot etdi
Olam
−
07 yanvar 2023
11685Amerika Qo‘shma Shtatlarining eng keksa odami Bessi Hendriks 115 yoshida vafot etdi. Bu haqda “New York Post” nashri xabar berdi.
“Gerontology Research Group”ning qayd etishicha, Bessi Hendriks dunyoning eng keksa odamlari reytinggida to‘rtinchi, AQSH fuqarolari ichida esa birinchi o‘rinda turgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Hendriks 1907 yilning 7 noyabr kuni AQSHning Ayova shtatida tug‘ilgan. Yoshlik yillarini fermada o‘tkazgan Hendriks uzoq yashash sirini qora mehnatda deb hisoblagan.
Keyinchalik u beshta bolani tarbiyaladi. Farzandlaridan ikkitasi onasidan erta hayotdan ko‘z yumgan. Hozir uning uch farzandi, to‘qqiz nabirasi, 28 evarasi va 42 chevarasi bor.
Ma’lumot uchun, endilikda AQSHning keksa insoni o‘rnini kaliforniyalik Iddi Chekkarelli egalladi. U joriy yilning 5 fevralida 115 yoshni qarshilaydi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi