Amerikalik o‘zbekcha qo‘shiqni rep yo‘nalishida aytdi
Madaniyat-san’at
−
07 yanvar 2023
21374Amerika Qo‘shma Shtatlarining Jorjia shtatitida yashovchi “Kolo.24” nomli bloger o‘zbek qo‘shig‘i asosida rep kuyladi. Qo‘shiqni ijro etgani tasvirlangan videoni u kecha, 5 yanvar kuni o‘zining Instagram sahifasiga joyladi.
Bloger O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulovning “Ohujon” nomli taronasining musiqasi asosida rep yo‘nalishida qo‘shiq ijro etgan.
“O‘zbek musiqasi rep yaratish uchun juda mos keladi. O‘zbekiston doim eng yaxshi hissiyotlarni beradi”, deydi u.
U ko‘p yillardan buyon boshqa mualliflar ijro etgan qo‘shiqlarning musiqasidan foydalangan holda rep kuylaydi. U ilgari O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayevaning bir nechta qo‘shig‘i asosida yaratilgan ijodiy namunasini o‘z obunachilariga taqdim etgan.
Ma’lumot o‘rnida, Nuriddin Hamroqulov O‘zbekiston xalq artisti hisoblandi. U o‘z ijodiy faoliyatini Andijon teatridan boshlagan. Keyinchalik, asosan, konsert ijrochiligi bilan shug‘ullangan. Xonanda yillar davomida o‘z repertuarini mumtoz “Samarqand Ushshog‘i”, “Toshkent Irog‘i”, zamonaviy bastakorlar ashulalari “Talqinroz”, “Oq qush”, R. Yusupov va boshqalar hamda o‘zi bastalagan "Olamni saqlang", “Ra’no”, “Soy ko‘rdim”, “Shirinliging”, “Kuldi bahorim” kabi qo‘shiqlar bilan boyitgan.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi