Amerikada Ronalduning haykali ochildi (video)
Sport
−
06 fevral
9387Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahri markazida kecha, 5 fevral kuni o‘zining 40 yoshini qarshi olgan portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning haykali o‘rnatildi. Bu haqda “NY Post” xabar berdi.
“Time Square” maydonidagi 12 futlik bronza haykal yashil, qizil va olting ranglarda bo‘yalgan. Haykalni yaratishda Ronalduning gol nishonlash uslubidan ilhomlanilgan.
“Krishtianu Ronaldu shunchaki futbolchi emas, u bu asarni yaratishda meni ilhomlantirgan qat’iyat, mukammallik va global birlik ramzidir”, deydi haykaltarosh.
Ma’lumot uchun, Ronaldu joriy mavsumda “Al-Nasr” safida 25 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klubi bilan shartnomasi keyingi yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu o‘z vaqtida Peres uning “Yuventus”ga o‘tishiga qarshilik qilgani haqida so‘z ochgandi.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart