Amerikada koronavirusdan emlanganlar yana shu kasallikka chalinmoqda 

Olam

image

AQSHning Oregon shtatida kamida to‘rt kishi ikki dozada emlanganiga qaramay, koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda NBC telekanali mahalliy hokimiyatga asoslanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, to‘rtala holatda ham, kasallanganlar yoki hech qanday alomatlarni sezmayapti yoki kasallik yengil tarzda o‘tmoqda.

Bundan tashqari, koronavirusga chalinganlarning barchasida infeksiyaning mavjudligi emlanish jarayonidan 14 kun o‘tib aniqlangan.

“Biz yuqumli kasallik manbasini aniqlash bo‘yicha mahalliy hokimiyat va sog‘liqni saqlash mutaxassislari bilan ishlayapmiz”, deydi Oregon shtati Sog‘liqni saqlash departamentining mas’ul xodimi. 

Telekanalning aniqlik kiritishicha, xuddi shunday holat Shimoliy Karolina shtatida ham qayd etilgan.

Federal va mahalliy hokimiyat organlari ma’lumotlari asosida Jons Xopkins universiteti qilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda 50 milliondan ortiq dozada vaksina ishlatilgan, 12 milliondan ortiq odamga har ikkala kerakli dozadan dori yuborilgan.

AQSHda jami 27,5 milliondan ortiq koronavirus bilan og‘rish holatlari aniqlangan. Ularning 484 mingdan ortig‘i vafot etdi. AQSH koronavirusga chalinish va undan vafot etish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh vaktsina koronavirus Oregon

Baholaganlar

218

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing