Amerika kubogida chorak finalning 2 ta juftligi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
01 iyul 2024
4790Ayni kunlarda Amerik Qo‘shma Shtatlarida futbol bo‘yicha Amerika kubogi bahslari o‘tkazilmoqda. Bugun, 1 iyul tongida “A” va “B” guruhlarida o‘yinlar yakunlandi va 2 ta chorak final juftligi shakllandi.
“A” guruhida 3-turda amaldagi chempion Argentina Peruni ishonchli hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, Kanada-Chili o‘yinida nursiz durang qayd etildi. “B” guruhida Meksika-Ekvador uchrashuvida hisob ochilmagan bo‘lsa, Yamayka-Venesuela o‘yinida lotin Amerikasi jamoasi 3:0 hisobida zafar quchdi.
Shunday qilib, “A” guruhidan Argentina va Kanada, “B” guruhidan esa Venesuela va Ekvador chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi yarim finalga chiqish uchun Argentina Ekvador bilan, Kanada esa Venesuela bilan bahs olib boradi. O‘yinlari 5-6 iyul kunlari Toshkent vaqti bilan tonggi soat 6:00 da boshlanadi.
LiveBarchasi