“Amerika kubogi”da chorak finalchilar aniqlandi
Sport
−
25 iyun 2019 4858 1 daqiqa
Avval xabar berganimizdek, Ayni kunlarda Braziliya yashil maydonlarida “Amerika kubogi 2019” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Kecha xalqaro chempionatning guruh bosqichi so‘ngi turi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda Urugvay terma jamoasi Chili termasini 1:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Ekvador Yaponiya bilan 1:1 o‘ynadi.
Shunday qilib, Amerika kubogining chorak finalida quyidagi termalar o‘zaro hisob-kitob qilishadi:
1) Braziliya — Paragvay
2) Venesuela — Argentina
3) Kolumbiya — Chili
4) Urugvay — Peru