Amerika kosmik zondi Bennu asteroidi tuprog‘idan namuna olishga erishdi

Olam

image

Amerikaning OSIRIS-REx kosmik zondi Bennu asteroidiga yaqinlashib, uning tuprog‘idan namuna olgan. Bu haqda NASA'ning Twitter'dagi sahifasida ma’lumot berilgan.

OSIRIS-REx zondi soniyasiga 10 santimetr tezlikda asteroid yuzasiga qo‘ngan va uning ustida bir necha soniya qolishi kerak bo‘lgan.

Bennu — Yerdan 320 million kilometr uzoqlikdagi qadimiy asteroid. Bennuning ayrim mineral namunalari Quyosh tizimidan ham katta bo‘lishi mumkin. Asteroid diametri 492 metrga teng.
 
Bennuni tadqiq etish orqali olimlar Quyosh tizimidan oldingi davrni o‘rganishlari va Yerda hayot qanday yuzaga kelgani to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, OSIRIS-REx zondi 2016 yilning sentyabrida Florida shtatidagi Kanaveral sahrosidan uchirilgan. U Bennu asteroidiga 2018 yilning dekabrida yaqinlashgan va keyinroq asteroid orbitasiga chiqishga erishgan. Zondning Yerga 2023 yilning sentyabrida qaytishi va tuproq namunalarini olib kelishi kutilmoqda.

Maqola muallifi

Teglar

Bennu

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar