Amaldorni kaltaklagan futbolchilar aybini qisman tan oldi

Sport

image

Rossiyaning “Krasnodar” futbol klubi yarimhimoyachisi Pavel Mamayev va “Zenit” hujumchisi  Aleksandr Kokorin Moskva markazidagi ikki janjal bo‘yicha aybini qisman tan oldi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Futbolchilarning ishi sudda ko‘rib chiqilgan. Prokuror ayblovni e’lon qilgach, ayblanuvchilar unga munosabat bildirgan.

“Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 213-moddasi va Solochukdagi janjal bo‘yicha ayblovlarni tan olmayman”, degan Kokorin.

Futbolchi Savdo-sanoat vazirligining Avtosanoat va temir yo‘l texnikasi qurilishi departamenti rahbari Denis Pak bilan janjal voqeasiga to‘xtalmagan. Uning advokati ham amaldor birinchi bo‘lib futbolchini urganiga urg‘u bergan.

Mamayev “avvaldan kelishib olingan”ligi to‘g‘risidagi ayblovni tan olmadi.

“Dalil yo‘q, tergov buni o‘ylab topgan. Solochukdagi janjalni tan olaman, biroq bu bezorilik harakati emas. Gaysinning kaltaklaganim bo‘lmagan gap. Pak bilan hech qanday aloqam yo‘q” degan Mamayev.

Sud bu ish bo‘yicha 45 nafar guvohning ko‘rsatmasini tinglaydi.

Ma’lumot uchun, Kokorin va Mamayev o‘tgan yilning oktyabr oyida ko‘chada janjal qilib, amaldorni kaltaklagach, ikki oy muddatga hibsga olingandi. Undan keyin bir necha bor bu muddat uzaytirildi. So‘nggi bor futbolchilarning qamoqda qolish muddati 25 sentyabrgacha etib belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Pavel Mamaev Aleksandr Kokorin

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made