Amaldorni kaltaklagan bezori futbolchilar ozodlikka chiqadigan bo‘ldi
Sport
−
06 Sentabr 2019
3929Amaldorni kaltaklab, shaharda bezorilik qilgan futbolchilar Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayev ozodlikka chiqadigan bo‘ldi.
Sayyor sud Belgorl viloyatidagi 4-sonlik ahloq tuzatish koloniyasida ikki futbolchini muddatidan avval shartli ozod qilish haqida qaror qabul qildi. Shuningdek, Kokorinning ukasi Kirilning ham rasmiy murojaati qondirilgan.
Advokat koloniya rahbariyati Kokorin va Mamayevning muddatidan avval ozodlikka chiqishiga qarshi emasligini ta’kidladi. Jabrlanuvchi tomon ham muddatidan avval shartli ozodlikka qarshi bo‘lmagan.
Futbolchilar 10 kundan keyin, sud qarori kuchga kirgach ozodlikka chiqadi. Joriy yilning iyun oyida sud Kokoringa 1 yil 6 oy va Mamayevga 1 yil 5 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagandi. Ular sud hukmigacha 2018 yilning oktyabridan tergov izolyatorida saqlangan.
Shuningdek, sud boshqa ayblanuvchilar Kirill Kokoringa 1 yil 6 oy va uning do‘sti Aleksandr Protasovitskiyga 1 yil 5 oy qamoq jazosi tayinlandi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning oktyabr oyida futbolchilar Moskva shahrida ikkita janjalga aralashib qolgan edi. Birinchi janjal “Birinchi kanal” boshlovchisi Vitaliy Solovchuk bilan yuz bergan bo‘lsa, ikkinchisida esa, jabrlanuvchilar Savdo-sanoat departamentining temir yo‘l va avtosanoat departamenti boshlig‘i Denis Pak va Sanoat Boshqarmasi direktori Sergey Gaysinlar bo‘lgan.
LiveBarchasi