Amaldorlar “Arqadag‘”ga “Toshkent” bog‘i qurilishi to‘g‘risida hisobot berdi
Olam
−
28 aprel 2021
6841Joriy yilning 26 aprel kuni Turkmaniston Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov videokonferensaloqa o‘tkazdi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Ashxobod meri Yaztagan Gilidjov va Bosh vazirning qurilish-sanoat kompleksi bo‘yicha o‘rinbosari Shamuxamet Durdiliyev Ashxobodning 140 yilligi va mamlakat mustaqilligining 30 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ishlari, shuningdek, ushbu sanalarga rejalashtirilgan inshootlarning ochilishi to‘g‘risida hisobot bergan.
Prezident Durdilevdan poytaxtda “Toshkent” bog‘i qurilishi to‘g‘risida alohida hisob so‘ragan. Bosh vazir o‘rinbosari loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib borilgani, tenderlarning bir necha bosqichlari bo‘lib o‘tgani va hozirda yakuniy tenderga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ta’kidlagan. Berdimuhammedov “parkning maqsadini unutmaslik to‘g‘risida” ko‘rsatma bergan, shuningdek poytaxt ma’muriyatiga loyihaning buyurtmachisi bo‘lishni topshirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov otasi Myalikguli Berdimuhamedov vafot etgan kun – 18 apreldan beri davlat televizion ekranlarida ko‘rinmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston Prezidenti joriy yilning 24 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yozib, unda Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahri markazida O‘zbekiston poytaxti sharafiga zamonaviy “Toshkent” madaniyat va istirohat bog‘ini loyihalashtirish va qurish uchun tender e’lon qilinganini bildirgandi.
Shuningdek, Berdimuhamedov O‘zbekiston kompaniyalarini ushbu tenderda ishtirok etishga taklif qilgandi.
LiveBarchasi