Amaldagi davlat tuzumini o‘zgartirishga uringan shaxs qamaldi
Jamiyat
−
27 dekabr 2022
155291999 yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan fuqaro ijtimoiy tarmoqlar orqali “Tavhid va jihod katibasi”, “Turkiston islom harakati” kabi terroristik tashkilotlar tarafdorlari ta’siriga tushib qolgani aniqlandi. Mazkur holat Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida ma’lum bo‘lgan.
Aniqlanishicha, u internet orqali Suriyadagi vaziyat, “jihod” qilish, u yerga borish yo‘l-yo‘riqlari va xarajatlari bo‘yicha fikrlar almashgan.
Shuningdek, Telegram’da kanal ochib, O‘zbekistonning amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga da’vat etuvchi hamda aqidaparastlik g‘oyalari aks etgan materiallarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan.
Mazkur shaxs Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtakor tuman sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 159 va 244-moddalari bilan aybdor deb topilib, unga 3 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi