Alyaskada samolyot halokatga uchradi
Olam
−
30 iyun 2019
3273Alyaskaning Muz Pass aholi yashash punktiga uzoq bo‘lmagan hududda kichik hajmli samolyot halokatga uchrashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiya xabar tarqatdi.
Samolyot Tern ko‘lining shimoliy qirg‘og‘idagi tog‘likka qulagan. Ma’lum bo‘lishicha, Texas shtati fuqarosi bo‘lgan 28 yoshli Joy Kuper halokatda omon qolgan. Ayni paytda u shifoxonaga yetkazilgan va ahvoli og‘irligicha qolmoqda.
Shifokorlar bemorning ko‘plab suyuklari singani va natijada o‘pkasini siqib qo‘yganini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi