Alvido, “Mimino”!

Madaniyat-san’at

image

Gruziyalik aktyor, qo‘shiqchi va rejissyor Vaxtang Kikabidze 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda bugun, 15 yanvar kuni Gruziyaning “Mtavari Arxi” telekanali xabar berdi. 

Kikabidze 1938 yil iyul oyida tug‘ilgan. 1978 yilda SSSR Davlat mukofoti laureati bo‘lgan. 1980 yilda Kikabidze Gruziya xalq artisti unvoniga sazovor bo‘ldi. 2020 yildan Gruziya parlamenti deputati sifatida faoliyat yuritdi. 

U o‘zbekistonlik kinoixlosmandlariga Georgiy Daneliyaning "Mimino" filmidagi Valiko Mizandari obrazi bilan yaxshi tanish edi. 

Kikabidze kino aktyori sifatidagi faoliyatidan tashqari, estrada xonandasi sifatida ham tanilgan. 1967 yildan beri u uzoq vaqt davomida "Orera" ansamblining solisti bo‘lgan. Keyinchalik Kikabidze yakkaxon konsertlar berdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Vaxtang Kikabidze Mimino

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar