Alp tog‘lari bag‘ridagi butun qishloqni muz bosib qoldi

Olam

image

Kecha, 28 may kuni Shveysariyadagi Alp tog‘laridan muzlik qulashi oqibatida Blatten nomli qishloq butunlay vayron bo‘ldi. Ming metrdan ham yuqoridan qulagan ulkan muz va tosh massalari Lyotchental vodiysidagi aholi punktini yer bilan yakson qilgan. Bu haqda SRF xabar berdi.

Oldindan evakuatsiya choralari ko‘rilganiga qaramay, mahalliy OAV 1 kishining bedarak yo‘qolgani haqida yozmoqda. Yaqin atrofdagi yana bir necha – Viler va Kippel munitsipalitetlari aholisi ham uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Chunki Lonz daryosi va Gizantella irmog‘i oqimlari to‘silib, suv toshqinlari xavfini yuzaga keltirgan.

Mutaxassislar bu hodisani “Alpdagi ming yillik falokat” deb atamoqda. Ularning ogohlantirishicha, muzliklarning tez erishi Shveysariyadagi boshqa ko‘plab shaharlar uchun ham jiddiy tahdid tug‘dirmoqda. Voqea yuzasidan izoh bergan Vale kantoni rasmiy vakili Mattias Ebenerning aytishicha, vodiyga “tasavvur qilib bo‘lmas darajada ko‘p muz va tosh” qulagan.

Shveysariya muzliklarini kuzatib borayotgan olimlarning fikricha, agar global harorat sanoatgacha bo‘lgan davrga nisbatan 1,5 darajadan ortiq ko‘tarilsa, mamlakat muzliklari  asr ichida butunlay yo‘qolib ketishi mumkin. Bu esa nafaqat ekologik, balki insonlar hayoti va xavfsizligi uchun bevosita xavf tug‘diradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliyaning Amazonka mintaqasida joylashgan shahar ulkan jarliklar tufayli yo‘qolish xavfi ostida qolgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing