Allamjonov va Mirziyoyeva AOKA rahbarligidan ketdi
Jamiyat
−
29 yanvar 2020
14713Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi.
Majlisda AOKA direktori vazifasini bajaruvchi Komiljon Allamjonov va direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva kelgusi mehnat faoliyatlarini nodavlat sektorda davom ettirish rejalari bilan bog‘liq murojaatlarini Prezident Administratsiyasiga kiritishgani va Prezident Administratsiyasi tomonidan ushbu murojaatlari ko‘rib chiqilib, qondirilgani haqida e’lon qilindi.
Tadbir doirasida Agentlik direktori vazifasini bajaruvchi Komiljon Allamjonov va direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘z rahbarlik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari haqida qisqa hisobot berib, shuningdek, kelajakdagi jamoatchilik yo‘nalishi bilan bog‘liq rejalari borasida fikr bildirishdi.
Majlis yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov Agentlik tomonidan erishilgan yutuqlarni alohida ta’kidlab, Komiljon Allamjonov va Saida Mirziyoyevalarning respublikamizning OAV sohasida demokratik islohotlarni amalga oshirishda, jurnalist va blogerlarning huquqlarini himoya qilishda, davlat organlari rahbarlarining mass-media bilan o‘zaro munosabatlari samaradorligini oshirishdagi shaxsiy hissalarini yuqori baholab, O‘zbekiston davlati rivojlanishi yo‘lidagi kelgusi ishlariga zafarlar tiladi.
Eslatib o‘tamiz, Komiljon Allamjonov ushbu lavozimda 2018 yilning to‘rtinchi choragida, Saida Mirziyoyeva esa 2019 yilda ish boshlagan edi.
LiveBarchasi