Allamjonov va Mirziyoyeva BAAda
Jamiyat
−
14 Oktabr 2019 8733 1 daqiqa
Bugun, 14 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komiljon Allamjonov va agentlik direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ayni vaqtda Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib turibdi.

Maqsad – O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida axborot sohasi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ikki tomonlama manfaatli kelishuvlarga erishishdan iborat.

Tashrifning birinchi kunida BAA Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Abdulla Bin Touk, Hukumatning kommunikatsiyalar bo‘yicha ofisi ijrochi direktori X.Husayn, Dubayning Media ofisi Bosh direktori Al. Mari, BAA hukumati a’zosi, davlat vaziri A.S.Al Jabbor bilan uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr