Milliy mass-media fondiga yangi direktor tayinlandi
Jamiyat
−
11 fevral 2021
5692Akbar Rizayev Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori etib tayinlandi. Bu haqda fondning rasmiy sahifalarida xabar berildi.
Akbar Rizayev ushbu lavozimda ishni bugun, 11 fevraldan boshladi.
Avvalroq u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Axborot-tahliliy ta’minoti bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi Komil Allamjonov hisoblanadi. Saida Mirziyoyeva fond raisining o‘rinbosaridir.
LiveBarchasi