Alijonov “Paxtakor”da qoladigan bo‘ldi 

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Hojiakbar Alijonov Toshkentning “Paxtakor” jamoasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Paxtakor” Alijonov bilan kelishuvini 2027 yil oxiriga qadar uzaytirgan. 

“Yetakchilarimizdan biriga aylangan Alijonov bundan keyin ham “Sherlar” bilan sovrinlarga ega chiqishda davom etishiga ishonch bildiramiz”, deyiladi klub xabarida.

Ma’lumot uchun, Hojiakbar Alijonov 2018 yildan beri poytaxt jamoasi safida o‘ynab keladi.  Hozirgacha Hojiakbar “Paxtakor” bilan besh marta O‘zbekiston chempionati, uch bor O‘zbekiston Kubogi, ikki marta Superkubok hamda bir bor Liga Kubogida zafar quchgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronning “Persepolis” jamoasi bosh direktori Peyman Haddadi “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Hojiakbar Alijonovning transferi ayrim muxlislarning noto‘g‘ri ma’lumotlari va bosimlar sabab to‘xtab qolganini ma’lum qilgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

shartnoma “Paxtakor” Hojiakbar Alijonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing