Aliyev va Pashinyan Bryusselga bordi

Olam

image

Bugun, 14 may kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Bryusselga bordi. Bu haqda “Azertag” va “Armanpress” nashrlari xabar berdi.

Aytilishicha, Ozarbayjon va Armaniston yetakchilarining ikkalasi ham Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazgan.  

Kunning ikkinchi yarmida esa Aliyev, Mishel va Pashinyanning uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, unda Baku va Yerevan o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing