Aliyev Putinni uyida kutib oldi (video)

Olam

image

Kecha, 18 avgust kuni kechasi Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan borgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev va birinchi xonimi Mehribon Aliyeva uylarida yozilgan kechki ovqat dasturxonida qarshi oldi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Norasmiy tarzda kechgan uchrashuv Zugulba qarorgohida bo‘lib o‘tgan. Aliyev rossiyalik mavqedoshini mahkam quchoqlab, "Xayrli kech, sizni ko‘rganimdan juda xursandman", deb kutib olgan va Putin Ozarbayjon rahbarining rafiqasiga guldasta sovg‘a tutgan.

Uchrashuv norasmiy muhitda o‘tgan – har ikki davlat rahbarlari yozgi ochiq ayvonda galstuk va kostyumsiz, oq ko‘ylaklarda o‘tirishgan. Norasmiy kechki ovqat tanovul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 18-19 avgust kunlari Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan borishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Aliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made