Aliyev Pashinyan taklif qilgan tinchlik bitimini real emas deb atadi

Olam

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bilan munozarali masalalarni hal qilmasdan tinchlik bitimlarini imzolash variantini “mutlaqo real emas” deb atadi. Bu haqda Ilhom Aliyev Belgiya elchisi Jyulenom de Frepo bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Oldinroq, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan kelishuv tuzish uchun “kelishilgan tarkib yetarli” ekanini aytgandi.

“Davlat rahbari tinchlik shartnomasining barcha bandlari bir xil ahamiyatga ega ekanligini, birini boshqasidan ajratib bo‘lmasligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan Prezident Ilhom Aliyev Armaniston hukumatining taklifini g‘alati va mutlaqo real emas, deb bilishini ma’lum qildi”, deb yozadi “Azertag”.

Elchi bilan uchrashuvda Ilhom Aliyev, shuningdek, Yevropa Ittifoqi Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilish jarayonida betaraf pozitsiyani saqlab turishi kerakligini aytgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, chegaradagi “Yevropa kuzatuvchilari missiyasi” mandatining uzaytirilishi Baku tomonidan ishonchsizlikka sabab bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, "binokulyar diplomatiya" siyosiy madaniyatdan tashqariga chiqadi.

10 sentyabr kuni Nikol Pashinyan Yerevan kelishuvning 16 bandidan 13 tasi bo‘yicha Ozarbayjon bilan tinchlik va munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi shartnomani “imkon qadar tezroq” imzolashga tayyorligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hujjat asosiga ega bo‘lish va boshqa masalalarni muhokama qilishni davom ettirish imkonini beradi.

8 oktyabr kuni u yana kelishilgan nuqtalar bo‘yicha shartnoma imzolashga tayyorligini e’lon qildi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi sentyabr oyida tinchlik shartnomasining alohida bandlari bo‘yicha kelishuvga erishishning hali imkoni yo‘qligini ma’lum qilgan edi. Xususan, TIVga ko‘ra, Armaniston konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishi kerak, unda Ozarbayjon tomoniga hududiy da’volar haqida so‘z boradi.

Eslatib o‘tamiz, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan BMT Bosh assambleyasidagi chiqishida agar tinchlik shartnomasi Armaniston Konstitutsiyasiga zid bo‘lib chiqsa, Yerevan tinchlik uchun Konstitutsiyani o‘zgartirishi kerak bo‘lishini aytgandi. Bungacha Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston Konstitutsiyasida mustahkamlangan mamlakatga qarshi hududiy da’volarni “yo‘q qilish kerakligini” aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing