Aliyev Qorabog‘ga o‘zining odamlarini yubormoqda

Olam

image

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Qorabog‘da Prezidentning maxsus vakillarini tayinlash to‘g‘risida farmonni imzoladi.

“Ishg‘oldan ozod qilingan hududlarda Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining maxsus vakolatxonalari tashkil etiladi”, deyiladi hujjatda.

Tuzilmalarni davlat rahbari tomonidan tayinlanadigan va u tomonidan belgilangan vakolatlarni ma’lum hududiy chegaralar doirasida amalga oshiradigan maxsus Prezident vakillari boshqaradi. Prezident ma’muriyatiga o‘n besh kun ichida maxsus missiyalar va ularning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish topshirilgan.

Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro 2020 yil sentyabr oyi oxirida avj oldi va mintaqada faol janglar boshlandi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan 2020 yilning 9 noyabr kuni Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarning to‘liq to‘xtatilishi to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladi. Hujjatga ko‘ra, Ozarbayjon va Armaniston tomonlari egallab olgan pozitsiyalarida to‘xtadi, bir qator mintaqalar Baku nazorati ostiga o‘tdi. Rossiya tinchlikparvar kuchlari aloqa liniyasi va Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing