Aliyev Baydenga xat yozib, Qorabog‘ni tiklashda hamkorlikka chaqirdi

Olam

image

Bugun, 3 iyul kuni  Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev AQSH Prezidenti Jo Baydenga maktub yo‘lladi. Aliyev xatida AQSHning yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami munosabati bilan Baydenni tabriklagan.

“Ozarbayjon Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 30 yilligi arafasida munosabatlarimizning, shuningdek,  bir qator yo‘nalishlarda strategik sheriklik, ikki tomonlama aloqalarning rivojlanishidan mamnunmiz”, deydi Ilhom Aliyev.

Prezident Aliyev fursatdan foydalinib, AQSHdan  Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlikni tiklashda hissa qo‘shishiga ishonishini bildirdi.

Shu bilan bir qatorda, Prezident tabrik xatida ozod etilgan hududlarni tiklash va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilayotganligini ta’kidlagan. Bu jarayonda Aliyev sheriklar qatorida Amerika kompaniyalarini ham ko‘rishni istashini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Armaniston va Ozarbayjon mojarosi 2020 yilning kuzida avj olgandi. Mojaroning yakuni 10 noyabr kuni uch tomonlama muzokaralarda vositachi sifatida ishtirok etgan Rossiyaning yordami bilan amalga oshirilgan edi. Muzokaralar yakunida sulh imzolandi, unga ko‘ra Armaniston Qorabog‘ning uchta viloyatini Ozarbayjonga berdi. Rossiyaning tinchlikparvar kuchlari mintaqada xavfsizlikni ta’minlash uchun jalb qilingan.

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing