Aliyev Armaniston bilan tinchlik shartnomasi imzolash shartini aytdi

Olam

image
Erdo‘g‘an turk-ozar qo‘shinlari “birlashishi” yo‘lida muhim “qadam tashladi” north_east

Erdo‘g‘an turk-ozar qo‘shinlari “birlashishi” yo‘lida muhim “qadam tashladi”

Ozarbayjon va Armaniston tinchlik shartnomasi imzolashi kerak hamda tomonlar bir-birining hududiy yaxlitligini tan olishi muhim. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ag‘damdagi masjidni restavratsiya qilish ishlari bilan tanishish davomida aytib o‘tgan.

“Albatta, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tinchlik kelishuvi bo‘lishi kerak. Bu shartnoma xalqaro huquq normalari va tamoyillari asosida mamlakatlarning hududiy yaxlitligini o‘zaro tan olish sharti bilan imzolanishi kerak”, degan Aliyev Ag‘dam viloyatiga tashrifi chog‘ida.

Shu bilan birga, davlat rahbari “Ozarbayjon xalqi va boshqa hech kim armanlar tomonidan sodir etilgan vahshiyliklarni hech qachon unutmasligi kerak”, deb ta’kidlagan.

Respublika rahbari tinchlik shartnomasini tuzishda Ozarbayjon va Armaniston o‘zlarining hududiy yaxlitligini o‘zaro tan olishlari kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, Ozarbayjon armiyasining kuchayishi bunga hissa qo‘shishi kerak.

“Aminmanki, olib borilayotgan ishlar, jumladan, armiya qurilishi masalasi Ozarbayjonni mustahkamlaydi. Mamlakat esa bugun Armanistonda bosh ko‘tarayotgan revanshist kuchlarga javob bera oladi”, degan Aliyev.

Qorabog‘ urushi 

Ozarbayjon va Armaniston 2020 yil aynan Qorabog‘ hududi masalasida o‘zaro hisob-kitob qilib olishdi. Ikkinchi Qorabog‘ urushi yoki “Vatan muhorabasi” nomi bilan tarixga kirgan harbiy to‘qnashuvlar 2020 yilning 27 sentyabr kuni boshlanib, 44 kun davom etdi. 2020 yilning 9 noyabridan 10-siga o‘tar tunda “Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish haqida”gi bayonot imzolandi. Shunisi aniqki, urush yakunlariga ko‘ra, Turkiya qo‘llovidagi Ozarbayjon g‘alaba qildi. Rossiyaning yordamiga umid qilgan Armaniston esa mag‘lubiyatga yuz tutdi. 

Harbiy salohiyati bo‘yicha dunyoda 11-o‘rinda turuvchi Turkiya Qorabog‘ urushida faol tarzda Ozarbayjonni ham ruhiy, ham siyosiy, ham harbiy jihatdan qo‘lladi. Aslida, Turkiya Birinchi Qorabog‘ urushidan beri Ozarbayjonni qo‘llab keladi. 2010 yilda ikki davlat harbiy hamkorlik borasida strategik sheriklikka erishgach, ushbu qo‘llov amaliy ko‘rinish kasb eta boshladi. Shundan so‘ng, Turkiya Ozarbayjon Qurolli Kuchlari uchun zobitlar tayyorlab, ushbu davlatga qurol eksport qilish bo‘yicha Rossiya va Isroildan so‘ng uchinchi o‘ringa chiqdi. Ayniqsa, o‘tgan 2020 yilda qurol eksporti 6 barobarga ortib ketdi. Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar oldidan esa bu ikki davlat o‘zaro harbiy dala o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Mashg‘ulotlar yakunida Turkiya Ozarbayjonda 2 ta F-16 qiruvchi samolyotini ham qoldirgani aytiladi. Turkiyada ishlab chiqarilgan Bayraktar uchuvchisiz harbiy apparatlarining ham Ozarbayjon g‘alabasini ta’minlashdagi o‘rni yuqori bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev

Baholaganlar

103

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing