Aliyev “Arqadag‘“ga ot sovg‘a qildi
Olam
−
17 iyul 6467 1 daqiqa
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatda bo‘lib turgan Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga sovg‘a sifatida ot topshirdi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Aliyev Shushada bo‘lib turgan Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga “Do‘stlik” nomli Qorabog‘ otini sovg‘a qilgan.
Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kecha, 16 iyul kuni Ozarbayjon Respublikasiga bordi. Ikki mamlakat davlat bayroqlari hilpirab turgan Bakudagi Haydar Aliyev nomli xalqaro aeroportda mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Turkmaniston Xalq Maslahati raisini Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yoqub Ayubov, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Samir Sharifov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. O‘sha kunning o‘zidayoq Aliyevning Berdimuhamedov bilan yakkama-yakka uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Gurbanguli Berdimuhamedov bilan berga uning to‘ng‘ich qizi, Gurbanguli Berdimuhamedov nomidagi Qarovga muhtoj bolalarga ko‘maklashish xayriya jamg‘armasining tibbiy faoliyat bo‘yicha vitse-prezidenti Oguljahon Otaboyeva ham Bakuda bo‘lib turibdi. U Ilhom Aliyevning to‘ng‘ich qizi, Haydar Aliyev fondi vitse-prezidenti Leyla Aliyeva bilan uchrashdi.
Live
Barchasi