Alisher Usmonovning kompaniyasi Islom sivilizatsiyasi markazini yil oxirigacha bitkazadi

Jamiyat

image

Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan miliarder Alisher Usmonovning “USM Holdings Limited” kompaniyasi  O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishini 2021 yilda yakunlaydi. Bu haqda 2021–2023 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Islom sivilizatsiyasi markazining loyihasi 119 million AQSH dollariga baholanmoqda. U Toshkent shahrining Olmazor tumanida quriladi. 

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi poydevoriga tamal toshini qo‘ygandi.

“Bu markazni qurishdan maqsad islom ma’rifatini o‘rganish, bobolarimizning buyuk merosini avvalambor xalqimizga, dunyo hamjamiyatiga yetkazishdir. Xudo xohlasa, hamma sa’y-harakatlarimiz yoshlar ta’lim-tarbiyasiga, ilm-fanga, madaniyatga, tinchlik-osoyishtalikka zamin yaratadi”, degan edi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

246

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing