Alisher Usmonov “Kapitalbank"dagi ulushini oshirdi

Jamiyat

image

Asli kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga aloqador kompaniya “Kapitalbank"ning 8,33 foiz aksiyalarini sotib oldi va bank ustav kapitalidagi ulushini 25 foizgacha oshirdi. Bu haqda “Toshkent” Respublika fond birjasi ma’lum qildi.

Bankning ushbu aksiyalarini Alisher Usmonovning USM holding kompaniyasi shu’ba korxonasi — “Telekominvest” MCHJ xarid qilgan.

Kecha, 10 yanvar kungi birja savdolarida Rossiya kompaniyasi “Kapitalbank”ning 32,98 mln dona aksiyasini yoki ustav kapitalining 8,33 foizini sotib oldi. Endi u bankning 25 foiz ulushiga ega.

Ma’lumot uchun, “Telekominvest” 2021 yilning noyabr oyi oxirida bank aksiyadorlari ro‘yxatiga kirib, o‘zi tomonidan chiqarilgan 215 mlrd so‘mga qo‘shimcha 65,9 mln dona qimmatli qog‘ozlarni sotib oldi. Shundan so‘ng Usmonov tuzilmasi uning 16,6 foiz aksiyasiga egalik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning oktyabr oyida Oybek Tursunov “Kapitalbank"ning 112,49 mln dona aksiyasini sotib olgan edi. O‘shanda uning ulushi 50 foizni tashkil etgan. Ammo bankning “Telekominvest” bilan kelishuvidan so‘ng Tursunovning aksiyalari 41,6 foizga tushdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing