Alisher Usmonov qaysi metall kelajak “oltini” bo‘lishini aytdi

Olam

image

Kelajakda dunyo qizil metall – misning jiddiy tanqisligiga duch kelishi mumkin. Bu haqda “USM Holding” kompaniyasi asosichisi milliarder Alisher Usmonov Jahon iqtisodiy forumi uchun yozgan maqolasida so‘z yuritgan.

“Mis ko‘pincha “yangi oltin”, “yangi neft” yoki “kelajak metalli” deb nomlanadi, chunki u past uglerodli iqtisodiyotlarda va yuqori texnologiyali sanoatda, shu jumladan telekommunikatsiyalarda ajralmas rol o‘ynaydi. Mis elektr transport vositalari va qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarishda, shuningdek, uglerodni ushlash va saqlash tizimlarini yaratishda ham muhim hisoblanadi”, degan milliarder o‘zining maqolasida.

Alisher Usmonov Xalqaro energetika agentligining prognozlarini ham keltirib o‘tgan. Unga ko‘ra, 2040 yilda metallarga bo‘lgan asosiy talab grafit, mis va nikelga to‘g‘ri keladi. 2040 yilga kelib, toza energiya sohasida misga talab 2020 yilga nisbatan qariyb 2,7 barobar ortadi.

“Bank of America hisob-kitoblariga ko‘ra, 2030 yilga kelib, faqat nolga teng uglerod chiqindilariga erishish uchun zarur bo‘lgan texnologiyalarda mis iste’molining umumiy yillik o‘sishi 3,6 foizga yetadi. Shu bilan birga, mis deyarli almashtirib bo‘lmaydigan metall. Mis o‘rnini bosuvchi moddalarning sof ulushi uning umumiy yillik iste’molining bir foizidan kamrog‘ini tashkil etadi va asosan kabel sanoatiga to‘g‘ri keladi. Boshqa mis ilovalari yaqin kelajakda almashtirilishi dargumon”, deyiladi maqolada. 

Milliarderga ko‘ra, elektromobil va akkumulyator texnologiyalari bozorining jadallik bilan rivojlanayotgani ham misga bo‘lgan talab bilan bog‘liq. Mis boshqa metallarga nisbatan elektrni yaxshi o‘tkazgani uchun, qayta tiklanadigan energiya texnologiyalarining muqobili yo‘q tarkibiy qismi bo‘lib qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1331

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing