Alisher Sultonov lavozimidan olindi

Jamiyat

image

Energetika vaziri Alisher Sultonov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Alisher Sultonov 2019 yildan beri Energetika vaziri lavozimida faoliyat yuritayotgandi.

Ma’lumot uchun, Alisher Sultonov (1967 yilda tug‘ilgan) A. F. Mojayskiy nomidagi harbiy-muhandislik institutini tamomlagan. 1996−1998 yillarda “O‘zneftqaytaishlash” kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi bo‘yicha shartnomani bajarish bo‘yicha direksiyasining uskuna va qurilmalarni tayyorlash hamda qabul qilishni nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida ishlagan.

1998−1999 yillarda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi qurilishida bosh mutaxassis, 1999−2002 yillarda “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi Sho‘rtan qurilishi boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

2017 yildan 2019 yilga qadar Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

870

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing