Yaponiya koronavirus uchun dori ishlab chiqarishni boshlaydi
Salomatlik
−
19 mart 2020
18761Yaponiya koronavirus uchun dori ishlab chiqarishni boshlaydi
Yaponiyaning "Takeda Pharmaceutical" farmatsevtika kompaniyasi koronavirusni davolash uchun qon plazmasidan olingan dori ishlab chiqarilishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya o‘z bayonotida e’lon qildi.
"COVID-19 bilan kasallangan odamlarni davolash uchun preparat ishlab chiqilmoqda", dedi kompaniya o‘z bayonotida.
Hozirda kompaniya tadqiqotni tezlashtirish uchun sog‘liqni saqlash va hukumat idoralari, shuningdek, AQSH, Osiyo va Yevropadagi sheriklari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, dori ishlab chiqarish uchun COVID-19 infeksiyasini muvaffaqiyatli o‘tkazgan yoki vaksina yaratilgandan keyin emlangan odamlarning qon plazmasinm talab qiladi.
"Sog‘ayib ketgan bemorlar qon plazmalarida COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda kasallikni yengillashtiradigan va ehtimol uning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan virusga qarshi antikorlar vujudga keladi", deya tushuntirdi kompaniya.
"Takeda Pharmaceutical" Yaponiyaning Osaka shahrida joylashgan. Kompaniya 1781 yilda tashkil etilgan. Bozorda 1925 yildan beri korporatsiya sifatida faoliyat olib boradi. Xodimlar qariyb 30 ming kishidan iborat.
Ma’lumot uchun, Rossiyaning "Biocad" farmatsevtika kompaniyasi bosh direktori Dmitriy Morozov, 66 ta kompaniya koronavirusning yangi turini davolash uchun dorilar ishlab chiqarishini e’lon qildi. Ulardan 51 tasi virusga qarshi vaksina topish ustida ishlamoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 226 418 nafarga yetgan. Bu kasallik tufayli 9 285 kishi vafot etgan. Bemorlardan 6 895 nafari yoki 5 foizining ahvoli og‘ir. Shu kungacha kasallikni yuqtirganlarning 85 831 nafari bu virusdan forig‘ bo‘lgan.
LiveBarchasi