Alisher Qodirov ayollarning ish vaqtini qisqartirishni taklif qildi

Jamiyat

image

Farzandi bog‘chaga borayotgan byudjet tashkilotida ishlaydigan ayollarning ish haqi kamaytirilmagan holda ish vaqti qisqartiriladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 10–18 yanvar kunlari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinishi munosabati bilan 3-7 yoshli bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga mehnat shartnomasi shartlariga binoan ish haqini kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.

Ushbu holat yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov munosabat bildirdi.

“Bog‘chadan farzandini vaqtida olishiga vazifasi xalaqit berayotgan ayollarga ish vaqtini qisqartirish juda yaxshi, lekin bu masalaning yarmi… Ishlaydigan, oilali ayollar uchun ertalab ishga bir soat kechroq kelish va ish vaqtidan bir soat vaqtliroq ketishni rasmiylashtirish kerak”, deydi deputat.

Uning qayd etishicha, agar shunday qilinsa, ayol xodimning ish samaradorligi sezilarli oshadi, oilada muhit o‘zgaradi. 

“Qolaversa, natija ko‘p ishlash emas, samarali ishlashning hosili ekanini hamma tan olmasa ham, juda yaxshi biladi”, deydi Qodirov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing