Alisher A’zamxo‘jayev Senat qo‘mitasi raisi bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Alisher Ag‘zamxo‘jayev Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 

Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan 67 yoshli senator 2017-2025 yillarda O‘zbekistonning Turkiyadagi, 2018 yildan buyon esa bir vaqtning o‘zida Bolgariyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimlarida ishlagan.

Diplomat 1980 yilda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. Ish faoliyati davomida “Toshkentmebel” ishlab chiqarish birlashmasida huquqshunos hamda turli davlat idoralarida mas’ul lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1990-1995 yillarda xalq deputati, O‘zbekiston Oliy Majlisi Yoshlar masalalari qo‘mitasi raisi bo‘lgan. Keyinchalik Tashqi ishlar vazirligi tizimida, jumladan, xorijdagi elchixonalarda ishlab, ishlab chiqarish korxonalariga rahbarlik qilgan.

Rus, ingliz va turk tillarini  mukammal biladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing