Aliment to‘lamagan 3 nafar ota qamaldi
3-sahifa
−
06 iyun
4684Andijonda aliment to‘lamagan uch nafar ota 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Majburiy ijro byurosi xabar berdi.
Qayd etilishicha, aliment ishi bo‘yicha qarzdor I.M. sud buyrug‘iga asosan M.M. foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun aliment to‘lab borishi belgilangan. Ammo qarzdor I.M. aliment to‘lovini o‘z vaqtida to‘lamagan.
Alimentdan 23 mln 903 ming so‘m qarzdorligi yig‘ilib qolgan qarzdor sud majlisida o‘z mas’uliyatsizligini tan olgan va ishsizligi sabab to‘lashga imkoni bo‘lmaganligini bildirgan.
Shuningdek. qarzdor N.O.ning ham ikki nafar farzandi uchun to‘lashi kerak bo‘lgan aliment qarzlari 16 mln so‘mdan ortib ketgan.
“O‘tkazilgan sud majlisida shu kabi aliment to‘lovlariga mas’uliyatsizlik bilan qaragan 5 nafar qarzdorlarning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi. Ulardan 3 nafariga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi, 2 nafariga qarzdorlikni bartaraf etish uchun muddat berildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida aliment qarzdorligini to‘lamay kelgan ota 15 sutkaga qamalgandi.