Prezident maslahatchisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Amrillo Shodiyevich Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. QALAMPIR.UZ manbasining xabar berishicha, bu to‘g‘rida Prezident tegishli farmoni imzoladi.

Amrillo Inoyatov tibbiyot fanlari doktori, professor darajasiga ega. U 2001 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan. mehnat faoliyatini institutning ilmiy-tekshirish laboratoriyasidan boshlagan. 2006 yilda “Bolalar yuz-jag‘ jarrohigi” mutaxassisligi bo‘yicha aspiranturani tamomlab, Buxoro davlat tibbiyot institutining “Xirurgik stomatologiya” kafedrasi assistenti lavozimida ish boshlagan.2008 yilda mazkur kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan bo‘lsa, 2009-2010 yillarda esa Stomatologiya fakulteti dekani vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2010-2012 yillarda “Xirurgik stomatologiya” kafedrasi mudiri lavozimi bilan birga Amrillo Inoyatov Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi mudiri lavozimlarida ishlagan.

2012-2014 yillarda esa institutning Stomatologiya fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar Abu ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori vazifasida ishlab keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

253

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing