Aldayotgan kim: To‘qayevning odamimi yoki Putinning xos xodimi?

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Aleksandr Nevskiy ordenini qabul qilishdan bosh tortgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi. Bu haqda RBK nashri xabar berdi. 

“Bu ma’lumot qayerdan kelganini bilmayman, chunki hech qanday mukofot berish rejalashtirilmagan. Bizda bunday reja ham yo‘q edi”, deydi Peskov. 

Aytish joizki, qozoq nashrlari hamda Qosim-Jomart To‘qayevning matbuot kotibi Ruslan Jeldibay Qozog‘iston rahbari prezidentlik vakolati tugaguniga qadar ham mahalliy, ham xorijiy mukofotlarni qabul qilmaslikka qaror qilgani, shu sabab, Aleksandr Nevskiy ordenini va  Qirg‘izistonning eng oliy ordeni “Birinchi darajali Manas"dan bosh tortgani haqida xabar bergandi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ishtirokidagi Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida To‘qayev Qozog‘iston kvazi-davlat, ya’ni o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalarini tan olmasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

695

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing