To‘qayev Rossiyaning Aleksandr Nevskiy ordenini olishdan bosh tortdi 

Olam

image

Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayev prezidentlik vakolati tugaguniga qadar na mahalliy, na xorijiy mukofotlarni qabul qilmaslikka qaror qildi. Shu sabab Aleksandr Nevskiy ordenini ham qabul qilmadi. Bu haqda  “Tengrinews” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiya tomoni Qosim-Jomart To‘qayevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlashni taklif qilgan.

"Davlat rahbari bunday orden berilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Biroq u prezidentlik vakolatlari tugagunga qadar ham ichki, ham xorijiy mukofotlarni qabul qilmaslikka qaror qildi. Shu sabab, yaqinda Bishkekka tashrifi chog‘ida Prezident To‘qayev Qirg‘izistonning eng oliy ordeni “Birinchi darajali Manas"dan bosh tortdi”, deydi Prezident matbuot kotibi Ruslan Jeldibay.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ishtirokidagi Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida To‘qayev Qozog‘iston kvazi-davlat, ya’ni o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalarini tan olmasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1048

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing