Albaniyada Bosh vazirga qarshi yirik namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
Olam
−
13 noyabr 2022
6416Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar mamlakat Bosh vaziri Edi Ramaning iste’fosini talab qilib namoyish o‘tkazdi. Bu haqda CDM portali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, namoyishchilar mamlakatdagi korrupsiya, qashshoqlik va fuqarolarning mamlakatdan chiqib ketishining kuchayishidan norozilik bildirgan.
“Bugun bu xoin o‘zining hashamatli, noqonuniy sotib olingan shaxsiy Learjet samolyotida bizning g‘alaba mitingimizni va demokratiya g‘alabasini tomosha qilmoqda. Bugun yig‘ilganlar, sizni talon-toroj qilayotgan, yerlaringizni o‘g‘irlayotgan va sotayotgan hukumatni ag‘darish huquqiga egasiz”, deydi Albaniyaning sobiq Prezidenti Ilir Meta.
Ma’lumotlarga ko‘ra, namoyish dastlab tinch o‘tishi rejalashtirilgan. Biroq namoyishchilar politsiya bilan to‘qnash kelgan, shuningdek, vandalizm harakatlari ham sodir bo‘lgan. Misol uchun, ba’zilar hukumat binosi ustiga bo‘yoq surtgan.
Edi Rama 2000-2011 yillarda Tirana shahri meri bo‘lib ishlagan. 2013 yildan buyon Albaniya Vazirlar Kengashi raisi.
LiveBarchasi