“Alaves” klubining 15 nafar a’zosi koronavirus yuqtirib oldi

Sport

image

Ispaniyaning "Alaves" jamoasining 15 nafar a’zosi koronavirusga chalingani haqida klub rasmiy sayti xabar berdi.

Klub a’zolari koronavirusni aniqlovchi test topshirdi. Ularning barchasi ushbu infeksiyani yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi. Xabarda aytilishicha, ularning 3 nafari futbolchi, 7 nafari murabbiylar va 5 nafari klub xodimlari, deya xabar bermoqda "Isport".

COVID-19 virusiga chalinganlar karantinga olingan va ular o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda. Hozircha koronavirusni yuqtirib olganlarning shaxsi sir tutilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida,  hozirga qadar 223 082 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 9149 kishi esa ushbu kasallik oqibatida vafot etgan. 85 797 nafar inson kasallikni yengib o‘tib, butkul sog‘ayib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Ispaniya Koronavirus Alaves

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing